Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi”da SamDChTI talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

 25-26 aprel kunlari Qozog‘istonning Ye.A.Buketov nomidagi Karaganda davlat universitetida tashkil etilgan “Xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi”da SamDChTI talabalari xitoy tili bo‘yicha I o‘rinni, nemis tili bo‘yicha II o‘rinni, fransuz va ingliz tillari bo‘yicha III o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

          Germaniya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning 35 ta universitetlaridan 200 nafar ishtirokchi qatnashgan xalqaro olimpiadada Respublikamizdan Samarqand davlat chet tillar institutining quyidagi talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi:

         Xamdamova Charos Hamdamovna – tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, xitoy tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

         Sundeyev Viktor Sergeyevich – roman-german tillari fakulteti, nemis tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

         Kurtova Aleksandra Aleksandrovna – roman-german tillari fakulteti, fransuz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

          Asliyeva Shaxzoda Zafarovnaingliz tili fakulteti 3-kurs talabasi.

         Germaniyaning xalqaro Akademiklar Almashinuv Xizmati (DAAD), Gyoti Instituti va Fransiyaning Karaganda shahridagi Fransuz Alyansi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro olimpiada doirasida xorijiy tillarni o‘qitish metodlari bo‘yicha xalqaro doiradagi master-klasslar va davra suhbati tashkil etildi. Unda SamDChTI ingliz tili II fakulteti dekan o‘rinbosari Q.A.Xakimov ishtirok etdi.