Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xronometrajdan keyin naqd pul tushumi 1,7 barobar oshdi

Naqd pul tushumini kamaytirib ko‘rsatish, norasmiy yollanma xodimlardan foydalanish kabi holatlar xufiyona iqtisodiyotning ildiz otishiga olib keladi. Lekin unutmaslik lozimki, asl holatni yashirishga bo‘lgan har qanday urinishlar baribir oshkor bo‘ladi. Jumladan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan xronometraj tadbirlari bunda muhim o‘rin tutadi.

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning iyul oyida jami 456 ta xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarida xronometraj o‘tkazildi. Buning natijasida tadbirkorlik sub’yektlarida 263 nafar ishchi xodimlar norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgani aniqlandi.

Xronometraj tadbirlari o‘tkazilgan kundagi haqiqiy tushum 2 458,2 million so‘mni tashkil etdi. Xronometraj o‘tkazilgan kundan bir hafta oldingi tushum esa 1 433,1 million so‘m bo‘lgan. Demak, o‘rtadagi tafovut esa 1 025,1 million so‘mni tashkil qildi. Ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samarasi o‘laroq naqd pul tushumi ko‘rsatkichi 1,7 barobar oshdi.

Naqd pul tushumi 157 ta holatda 2 barobargacha, 74 ta holatda 2-5 barobargacha, 13 ta holatda 5-10 barobargacha oshgan. Bundan tashqari, 202 ta holatda tushum 10 barobardan yuqori miqdorda oshganini ta’kidlash joiz.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.