Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

XTV: Odam papilloma virusiga qarshi vaksina ota-onalar roziligi bilan amalga oshiriladi

Maktablarda qizlarni odam papilloma virusiga (OPV) qarshi emlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maktablarda emlash fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan.

OPVga qarshi vaksina milliy emlash kalendariga kiritilgan bo‘lib, mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolati doirasiga kiradi.

Xalq ta’limi vazirligi OPVga qarshi vaksina odam sog‘lig‘iga foydasi va zarari haqidagi ma’lumotni mutaxassislar berishi kerak, deb hisoblaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OPVga qarshi vaksinatsiya majburiy emas. Ushbu amaliyot ota-onalar roziligi bilan amalga oshiriladi.