Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yana bir taniqli sportchi pichoqlandi

Bugun, 11 sentyabr kuni MMAning professional jangchisi o‘zaro kelishmovchilik sababli pichoqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 sentyabrdan 11 sentyabrga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.50 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida janjal yuzaga kelgan.

Oqibatda sportchiga og‘ir tan jarohati yetkazilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan 23 yoshli Muslimbek Omonov vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga o‘tar kechasi MMA chempioni Jamshid Kenjayev Toshkentdagi "Aurum-898" tungi klubida pichoqlab ketilgan edi.