Hazrati Xizr majmuasi atrofida o‘tkir tig‘li pichoq olib yurgan shaxs aniqlandi
Viloyat hududida kriminogen vaziyat barqarorligini, jamoat xavfsizligini saqlash, jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida viloyat IIB xavfsiz turizimni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Shunga qaramasdan, tadbir davomida Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan Hazrati Xizr majmuasida Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tug‘ilgan V.Sh. yonida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan, o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘ini olib yurganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan oshxona pichog‘i vaqtincha rasmiylashtirib olindi.
Bundan tashqari, 20 nafardan ziyod ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar aniqlandi. Shaxsi noma’lum bo‘lgan 2 shaxs vaqtincha reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Tadbirlar davomida Samarqand shahridagi ziyoratgoh va tarixiy obidalar atrofida joylashgan 200 dan ortiq xonadonlar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mehmonxonalar egalari bilan yakka tartibda suhbatlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
R.MUQUMOV,
Samarqand viloyati IIB XTTB MTB inspektori.