Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zarafshon milliy tabiat bog‘ida kurort hudud tashkil etiladi

Viloyat hokimi E.Turdimovning 2019 yil 14 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2019-2025" yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi”da ana shunday vazifa belgilangan.

Shuningdek, milliy tabiat bog‘ida sayyohlar davomiy va qisqa muddatli dam olishi, ekskursiya va ma’rifiy turizm tashkil etish uchun rekreatsiya hududi tashkil etiladi.

Bundan tashqari viloyatimizdagi “Kattaqo‘rg‘on”, “Qoratepa” va “Qorasuv” suv omborlari atrofida ekoturizm va rekreatsiya turizmni rivojlantirish choralari ko‘riladi.

2019 yil oktyabr-noyabr oylarida esa viloyatimizda “Qovun sayli”, “Non sayli”, “Palov sayli”, “Kishmish”, “Sharq shirinliklari” festivallari o‘tkaziladi.