Buni sovg‘a desa bo‘ladi

Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tomonidan shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ehtiyojmand 1776 oilaga kir yuvish mashinasi, changyutgich, gaz plitasi va boshqa oshxona va ro‘zg‘or buyumlari tuhfa qilindi. 
– Yangi yil bayramiga atalgan mazkur sovg‘a oilamiz uchun kutilmagan quvonch hadya etdi,– deydi zamonaviy gaz plitasi olgan Past Darg‘om tumani Sh.Rashidov mahallasida istiqomat qiluvchi Robiya Ortiqova. – Prezidentimizning biz kabi oilalarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, hatto oilaviy muammolarimizning yechimiga ham katta e’tibor qaratayotganligidan minnatdorman.