Mahalla – mening taqdirimda
Tanlovda yoshlar "Oila – mahalla – ta’lim muassasasi" hamkorligining ahamiyati to‘g‘risidagi taqdimotlarni namoyish etdi. Mahalla hayoti hamda ma’naviyatga daxldor savollarga javob berishdi. Tanlovning asosiy shartiga ko‘ra, o‘quvchilarning "Mahalla – mening taqdirimda" mavzuidagi insholari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.
Tanlov yakunida Toyloq tumanidagi "Uzunqishloq" mahalla fuqarolar yig‘inining "Bilimdonlar" jamoasi birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Payariq tumanidagi "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘inining "Yoshlar qanoti" jamoasiga ikkinchi, Paxtachi tumanidagi "Shamsnazar" mahalla fuqarolar yig‘inining "Xumor" jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.