Turli mamlakatlar va madaniyatlarda muqaddas sanalgan hayvonlar

Qadim zamonlardan beri ko‘plab dinlar va xalqlarda muqaddas hisoblangan hayvonlar bo‘lgan. Muqaddas hayvonlar (ilmiy zoolatriya) - bu hayvonlarni diniy hurmat qilish bilan bog‘liq marosimlar va e’tiqodlar to‘plami.

Ilon

Hindistondagi Karnataka shtatida odamlar hali ham ilonlarga sig‘inishadi. Ilonga sig‘inish bir qancha qadimgi madaniyat va an’analarda mavjud bo‘lib, hatto Shiva xudosi bezak sifatida bo‘yniga Hindistondagi barcha ilonlarning eng muqaddasi ko‘zoynakli ilonlarni kiyib olgan.

Yo‘lbars

Xitoy rassomlik va jang san’ati yo‘lbarsni yer ramzi, Sharqiy Osiyo madaniyati esa bu katta mushukni qo‘rqmaslik va g‘azab ramzi deb biladiXitoyda yo‘lbarslarga sig‘inish uchun asosiy joy bo‘lgan Kunmin diqqatga sazovor turistik shaharchasi  mavjud.

Hinduizmda yo‘lbars hindlar xudosi Shiva va Durga bilan bog‘liq. Nepalda Bagh Jatra deb nomlangan yo‘lbarslar festivali nishonlanadi. Vyetnamning ko‘p joylarida deyarli har bir qishloqda yo‘lbarslar ibodatxonasi mavjud. Ma’bad va saroylarga kiraverishda yo‘lbarslar tasvirlarini ko‘rish odatiy hol bo‘lib, ular bu joylarni yovuz ruhlardan himoya qiladi, deb ishoniladi.

Buyvollar va sigirlar

Hinduizmda yirik qoramol muqaddas hisoblanadi, hatto qadimgi Misr va Yunon madaniyatlarida ham har yili buqalar tug‘ilgan kuni nishonlanib kelingan va o‘limidan keyin ular mo‘miyolanib, qabrga ko‘milgan.

Fil

Tailandda odamlar oq fil o‘lgan odamning ruhini o‘zi bilan birga olib yuradi, deb ishonishadi. Hindistonda Ganesha xudosi filning boshiga ega. Alunam deb nomlangan festivalda turmushga chiqmagan ayollar o‘zlarining raqs va qo‘shiqlarini filga bag‘ishlaydilar.

Shimoliy Borneo madaniyati fillarni sharaf ramzi deb biladi. Hind madaniyati va an’analarida fil alohida o‘rin tutadi. Hindiston janubidagi ibodatxonalarda keyinchalik ularga sig‘inish uchun fillar maxsus bezab, tayyorlanib, sayyohlar uchun ajoyib manzara kashf etadi.

Maymun 

Xitoy burjiy taqvimiga ko‘ra, maymun to‘qqizinchi xayrli hayvondir. Budda dini maymun Buddaning timsoli ekanligiga ishonadi. Lekin ba’zilar maymunlarni insofsiz va xunuk deb hisoblashadi. Shuningdek, Xitoy budda dini inson ongining bezovtalangan, sabrsiz holatini ifodalash uchun maymun idroki metaforasini ishlatadi. Ba’zi madaniyatlarda maymunlar ochko‘zlikni anglatuvchi bema’ni mavjudotlar sifatida ham ko‘riladi.

Itlar

Nepal va Hindistonning ba’zi qismlarida itlar diniy ahamiyatga ega. Toyhar deb nomlanuvchi besh kunlik festivalda itlarga sig‘inishadi. Hinduizmda itlar o‘lim xudosining xabarchilaridir. Ular, shuningdek, jannat eshiklarining qo‘riqchilari ekanligiga ishonishadi. Nepalda har yili 14 noyabr Kukurtoyhar (itlar kuni) sifatida nishonlanadi. Bu kunda itlarga sajda qilinadi va ular gulchambarlar bilan byezatiladi.

 Otlar

Otga sig‘inish asosan turk va hind-yevropa xalqlari tomonidan tatbiq qilingan. Ot ham, xachir ham Rim xalqi uchun muqaddas hisoblangan. Ayniqsa, jangchilar va qudratli sarkardalarning sodiq hamrohlari jangovar otlar, barcha asrlarda yuksak qadrlangan. Sodiq hayvonlarning xizmatlari mukofotsiz qolmadi: Buyuk Aleksandr Makedonskiy jangda halok bo‘lgan vafodor oti sharafiga Bukefaliya shahriga asos solgan edi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.