Yong‘in oqibatida jarohatlanish 70 foizga kamaydi
Shuningdek, 150 mingdan ziyod aholi turar joylarining yong‘in xavfsizligi holati tekshirilib, aholiga tegishli yo‘riqnomalar tarqatildi.
Korxona va tashkilotlar, xalq xo‘jaligi maskanlari xodimlari hamda aholi bilan muloqotlarda ogohlikka chaqirish maqsadida murojaatnoma, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda. Xususan, isitish uskunalarini qarovsiz qoldirish, ularning rezina shlanglar bilan ulanishi, elektr jihozlar simlarining shikastlanishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlar misollar bilan tushuntirilmoqda.
Olib borilgan tekshiruv, suhbat va tushuntirish ishlari natijasida Samarqand shahrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yong‘inlar 14 foizga kamaydi. Shuningdek, yong‘in natijasida insonlar o‘limi 60 foizga, kuyish tan jarohatlari 70 foizga kamaydi.
Abduvali OSTANOV,
Sanjar OTAMURODOV,
Samarqand shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi
inspektorlari.