Bog‘ yaratgan hajga munosib

Narpay tumanida yashovchi Hamid Xolmurodov ham nafaqaga chiqqach, ana shunday savobli ishga qo‘l urdi. Qo‘shni Qoraxitoy qishlog‘idagi qabriston yonida anchadan buyon qarovsiz yotgan 3 gektarga yaqin yerda bog‘ yaratdi. Olma, anor, o‘rik, shaftoli, behi, nok, gilos va boshqa 20 turdan ortiq mevali daraxt, 80 tup yong‘oq ko‘chati va 50 tupga yaqin tok qalamchalari ekdi. Bog‘ yaqinidagi chiqindixonaga aylanib qolgan katta ariq tozalanib, atrofiga mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazildi. 
– Shu yerga birinchi nihollarni ekkanimga ham o‘n ikki yil bo‘ldi, – deydi H.Xolmurodov. – Shukurki, qarovsiz yerda beqiyos bog‘ yaratdik. Shu bog‘ning halol mehnatidan sakson besh yoshimda ko‘p yillik orzuyim ushalib, Haj safariga borish nasib etdi.