Qo‘shrabotda jinoiy jarimalarni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari davom etmoqda

Ayrim haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarashi, avtotransportni boshqarish madaniyatiga rioya qilmasligi oqibatida, sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni bartaraf etish choralari ko‘rib borilmoqda.

Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.

Shu yilning o‘tgan davrida kuniga qadar tuman miqyosida 394 marotabadan ortiq qoidabuzarlik sodir etib, jarimalarni to‘lamay kelayotgan 381 nafar qarzdor fuqarolarning avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydonchalariga joylashtirildi, shuningdek, 214 nafar qarzdorlardan 302.7 mln. so‘mdan ortiq jarimalar undirilishi ta’minlandi.

Jumladan, ma’muriy jarimani bartaraf etmagan fuqaro F.O‘ng‘arovning avtotransport vositasi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Qo‘shrabot tumani markaziy ko‘chasida xarakatlangan vaqtda to‘xtilib, jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida 68 million so‘m to‘latilgan.