“Sizning qoningiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin!”
Samarqandda bir oyda donorlar bemorlar uchun o‘rtacha 1,5 tonna qon topshiriladi. Donorlarning bir qismi bemorlarning yaqinlari bo‘lsa, katta qismi ko‘ngillilarni tashkil qiladi. Bemorlar uchun ko‘ngilli sifatida qon topshirish amaliyoti yildan-yilga oshib bormoqda. Chunki insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu ishning ahamiyatini bugungi kunda ko‘pchilik biladi.
Viloyat qon quyish markazida 14-iyun - Xalqaro donorlar kuni ushbu sana munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda bir guruh donorlarga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining faxriy yorliqlari hamda ko‘p yillar davomida mazkur harakatning faol a’zolaridan besh nafar saxovatli ko‘ngillilarga «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni topshirildi.
Tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyev, viloyat qon quyish markazi boshlig‘i R.Aliyev va boshqalar so‘zga chiqib, donorlik ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot berdi va donorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.