Urgut tumanida oltin qazib olinishi mumkin
- 21.05.2024 12:09
- 1398
- Samarqand

Vazirlar Mahkamasining 16 maydagi qarorida shu haqda so‘z yuritilgan. Umuman, qaror bilan tasdiqlangan 2-chorak investitsiya dasturi bir qator umidli mujdalar beradi.
Xususan, Narpay tumanida 2025 yilgacha rejalashtirilgan quvvati 200 MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi quriladi.
Bulung‘urda Nurobod tumanidagi fotoelektrstansiyasiga teng - 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Dasturda Urgut tumanidagi "Qizilturuk" oltin konini o‘zlashtirish ham belgilangan. Buning uchun 2025 yilgacha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, kon bir necha yil avval onlayn auksion natijasida 74,4 milliard so‘mga sotilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- Bugun, 15:32
- Jamiyat
Ibn Sino merosini bilasizmi?
- Kecha, 19:55
- Samarqand
Aytishuv teletanlovi: An’analar davom etadi
- 28/03, 17:59
- Madaniyat