100 million so‘mni qaysi maktab qo‘lga kiritadi?

Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan to‘rtinchi tashabbusni amalga oshirish maqsadida Samarqand viloyatida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon maktab” va “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Ayni paytda “Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda 16 jamoa vakillari uch shart — tanishtiruv, zukkolar hamda bilimdon o‘quvchi shartlari bo‘yicha bellashadi. Viloyat hokimi sovrini 100 million so‘m kimga nasib etarkan?