100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi

Samarqand tumanidagi Gulbog‘ mahallasida yashovchi keksa avlod vakillarining aytishicha, 1900 yillarda mahallaning 5 gektarli yer maydoniga Rossiya davlatidan o‘rmon malikasi navli nok ko‘chatlari keltirib ekilgan.

Hozirda ushbu bog‘ning 2 gektar yer maydonida 110 tup 100 yosh va undan katta bo‘lgan nok daraxtlari saqlab qolingan. Qolgan 3 gektar yer maydonga qaytadan shu turdagi 1200 tup nok ko‘chatlari ekilgan.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari mahallaga borib, bog‘ni o‘rganishgach, 110 tup o‘rmon malikasi navli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomini berish bo‘yicha xulosa qilishgan.