12 mart dunyo bozoridagi eng yomon kun deb topildi. Yoxud bir kunda dunyodagi eng boy odamlar 78 mlrd. dollar yo‘qotdi

Dow Jones indeksida​ joriy yilning 12 mart kuni  1987 yildan buyon eng katta sho‘ng‘ish ro‘y berdi.

Dunyodagi 20 nafar eng boy odamning umumiy boyligi bir kunda 78 milliard dollarda ziyodga kamayib ketdi. Bu haqda Forbs ma’lum qildi.

Ushbu voqealar 12 mart kuni sodir bo‘ldi.

Bundan jahonning eng badavlat odami Jeff Bezos eng ko‘p zarar ko‘rsa-da, u boyligi 100 mlrd. dollardan ko‘p bo‘lgan sayyoramizdagi yagona inson bo‘lib qoldi. Chunki Bill Geytsning kapitali payshanba kuni ushbu ko‘rsatkichdan pasayib ketdi.

O‘z navbatida shu kuni koronavirus pandemiyasi qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar fonida Dow Jones indeksi 1987 yildagi “qora dushanba”dan keyingi eng yirik sho‘ng‘ishga uchradi va dunyo bozorlari ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi.

12 mart kuni savdolar yopilishida Dow Jones Industrial Average indeksi 10 foiz yoki 2352 punktgacha tushdi. S&P 500 indeksi 9,5, Nasdaq Composite indeksi 9,4 foiz pasaydi. Yevropada esa Britaniya fond birjasining FTSE 100 indeksi oxirgi 30 yildagi eng yomon kunini boshdan kechirdi, uning ko‘rsatkichi 10,87 foiz kamaydi.

Indekslarning “o‘pirilishi” 11 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida AQShdan Yevropaning 26 davlatiga parvozlar taqiqlanganini e’lon qilganidan so‘ng ro‘y berdi. Shundan so‘ng JSST ham koronavirus pandemiyaga aylanganini e’lon qildi.