15585 nafar fuqaro deklaratsiya topshirdi
Yurtimizda aholi daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolar asosiy ish joyidan tashqari o‘rindoshlik asosida boshqa idora va tashkilotlarda faoliyat yuritishi, mol-mulkini ijaraga berish orqali daromad olish imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan daromadlarga deklaratsiya asosida soliq solinadi. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan, asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan, soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar shular jumlasidandir.
Ayni paytgacha Samarqand viloyatida 15585 nafar fuqaro deklaratsiya topshirgan. Shundan, 6674 kishi yillik, 8911 nafar fuqaro dastlabki deklaratsiyalarni taqdim etgan.
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 189-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
Samarqand viloyati DSB
Jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot sho‘’basi.