Samarqandda o‘tgan to‘qqiz oyda 169 ta yong‘in sodir bo‘lgan

Tabiiy ofat natijasida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa, 1 nafar fuqaro yong‘in ichida qolib vafot etgan.

Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun har birimiz o‘ta ehtiyokor bo‘lishimiz, ayniqsa qish mavsumi oldidan profilaktik tadbirlarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Negaki, kutilmagan yong‘in yillar davomida to‘plagan boyligingiz, shu jumladan sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.

Joriy yilning 25 sentyabr kuni soat taxminan 14:00 larda Samarqand shahar Qavola mahallasida sodir bo‘lgan yong‘in bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Oilaviy korxonada sodi bo‘lgan yong‘in ko‘lami shu darajada keng ediki, shu bois, 3 ta harbiylashgan yong‘in xavfsizligi bo‘limidan 6 ta o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilindi.

Tilsiz yov to‘liq bartaraf etilgunga qadar ishlab chiqarish sexining 85 metr kvadrat tom qismi, shifti, eshik-derazalari hamda mebel ishlab chiqarish uskunalari yonib ketgan.

F.Ahmedov,

Samarqand shahar FVB YoXB inspektori.