2019-2020 yillarda viloyatda xususiy tibbiyot klinikalar soni 500 tagacha yetkaziladi
* Shuningdek, 40 yoshdan oshgan aholi orasida ijtimoiy kasalliklar bo‘yicha skrining-so‘rovnomalar (anketa) tashkil etiladi va natijasi bo‘yicha hududlarda profilaktika, sog‘lomlashtirish, targ‘ibot ishlari olib boriladi. Barcha tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy texnik, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.
* Viloyatdagi tuman va shahar tibbiyot birlashmalaridagi bolalar bo‘limlari qoshida 6 o‘rinli “bolalar reanimatsiyasi” bo‘limi tashkil etilib, kerakli zamonaviy tibbiy jihoz hamda shtatlar bilan ta’minlanadi.
* Viloyat davolash profilaktika muassasalarini 10 ta gemodializ uskunalari apparaturasi bilan ta’minlash va hududiy tumanlararo gemodializ bo‘limlarini tashkil etish (Kattaqo‘rg‘on shahar, Payariq tuman va endokrinalogiya dispanserida) rejalashtirilgan. Viloyatda neyroxirurgiya xizmatini yanada yaxshilash maqsadida viloyatda 100 o‘ringa mo‘ljallangan viloyatlararo neyroxirurgiya markazi tashkil qilish va kerakli zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
* Bundan tashqari, viloyat davolash profilaktika muassasalari bilan tibbiyot birlashmalari o‘rtasida bemorlarga yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maslahat berish va mutaxassislarni malakasini yanada oshirish maqsadida telemeditsinani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
* 2019 yilda shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish maqsadida yana qo‘shimcha 3 ta oilaviy poliklinika (Shota Rustaveli ko‘chasi 10-uyda joylashgan binoda 11-son oilaviy poliklinika, Gulobod mahallasidagi sobiq 59-maktab binosida 13-son oilaviy poliklinika, Qavola mahallasidagi sobiq “Qavola” QVP binosida 14-son oilaviy poliklinika) tashkil etiladi.
* Yangi yilda ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan (tashib keltiriladigan) 5 ta QOP va 34 ta QVPlarini ichimlik suvi hamda issiqlik qozonlari bilan ta’minlanmagan 10 ta QOP va 48 ta QVPlarini zamonaviy tejamkor issiqlik qozonlari bilan ta’minlash belgilangan.