Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019/2020 o‘quv yili uchun maktab o‘quvchilarining ta’til kunlari ma’lum bo‘ldi

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabda ta’tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

* kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

* qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

* bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

* yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

1 sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.