«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 8 oktyabr, №126) sonida o‘qing

Ko‘chaga chiqamiz, katta-kichik binolar oldidagi yozuvlarning aksariyati xorijiy tillarda yozilgan. Biror bir yumush, xizmat bilan davlat idoralari, xizmat ko‘rsatish korxonalariga kiramiz va bu joylarda ham ayrim ma’lumotlar boshqa tillarda ekanligini ko‘ramiz. Lekin hech birimiz nega bu yozuvlar davlat tilida emas, deb so‘ramaymiz...

***

28 yildan buyon o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholi jahon miqyosida taqriban 50 foizga ko‘payib, qariyb 40 million kishiga yaqinlashdi. Bu o‘zbek tili ham dunyoning yirik tillaridan biriga aylandi, deganidir. Ammo tilimizga munosabatimiz uning buyuk mavqeiga loyiq emas.

***

Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov boshchiligida ta’lim sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda maktablardagi shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida tuzilgan ishchi guruhning Samarqanddagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishdagi natijalarida qanday muammolar yuzaga chiqdi?

***

«Qarzi borning xotirjamligi bo‘lmaydi», degan gap bor xalqimizda. Ammo ko‘pchilikning kommunal to‘lovlardan qarzi kam emas, ammo xotirjam yurganlar ancha. Nima, kommunal to‘lovlardan qarz bo‘lgan kishi qarzdor deyilmaydimi?