2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
- 16.02.2021 17:01
- 69
- Jinoyat va jazo
O‘tgan yillarda ochilmay qolgan 1 125 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvda bo‘lgan 2 446 nafar shaxs ushlandi.
Bevosita prokuratura organlari tomonidan 10 372 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov o‘tkazilib, 6 100 nafar shaxsga nisbatan 3 903 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 622,2 milliard so‘mlik zarar ayblanuvchilardan undirildi.
2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.
Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxs oqlandi.
Xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish haqida 194 ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs mamlakatimizga etap qilindi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lumot berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa