2021 yil Samarqand hayotida: Ilk bor 25 qavatli uylar qurildi, 36 qavatli uyga tamal toshi qo‘yildi
Bugungi kunda Samarqand shahrida 551 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2018 yildan buyon Qorasuv massivida zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlangan.
“Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu yerda ilk bor 12, 14, 15, 16 qavatli 110 dan ortiq turar joy qurildi. Shuningdek, 1 ming 600 o‘rinli maktab, 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, savdo do‘konlari, o‘yin va sport maydonchalari barpo etilgan. 2021 yilda yana 10 ta 16 qavatli (928 xonadonli) turarjoy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Samarqandda birinchi marta eng baland bino – 2 ta 25 qavatli turarjoy binolari qurishga kirishildi. Bu uylar 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi.
2021 yilning so‘nggi kunlarida Samarqand shahrida “Nurli kelajak servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan buyond etilayotgan Humo Smart City turar-joy majmuasida 36 qavatli uy qurilishiga kirishildi.