2021 yilda qilingan ixtirolarning eng sarasi

Time jurnali 2021 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi. Ushbu nashrning “Yashash tarzimizni o‘zgartiradigan 100 ta innovatsiya” sarlavhasi ostidagi maqolalari mavjud. Jurnalistlar har yili dunyoni “yaxshiroq”, “aqlliroq” va “qiziqarliroq” qiladigan ixtirolar tanlangani to‘g‘risida yozmoqdalar.
Albatta, qilingan ixtirolarning hammasini emas, bir nechta qiziqarli yoki g‘alatilarini ajratib e’tiboringizga havola etamiz.

Masalan, “Hammabop” nominatsiyasida Nike kompaniyasi qo‘l yordamida kiyishni talab qilmaydigan GO FlyEase krossovkalari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Krossovkalar o‘rtasidagi ilgak oyoqlarni o‘rnashtirib qo‘yadi, maxsus lenta esa ularni qulflaydi. Paralimpiya sportchilari hamkorligida yaratilgan poyabzallar imkoniyati cheklangan odamlarning hayotini osonlashtirishi mumkin.

Фото: Sneaker News

“Sun’iy intellekt” nominatsiyasida dublyaj uchun yangi imkoniyatlarni ochadigan dastur taqdim etildi. Endi filmlarni mahalliylashtiradiganlar e’tiborni lipsink (lab bilan ovozni sinxronlash)ga qaratishlari, ya’ni, replikalar aktyorlarning lablari harakatiga mos kelishi kerak. Bu dastur berilgan ovozli matnga ko‘ra aktyorning og‘zi va yuz holatini o‘zgartirishi mumkin. Natijada har bir Gollivud aktyori sizning tilingizda gapiradigandek tuyuladi. Qiziq, kino ijodkorlarining o‘zlari filmlar mahalliylashtirilishining bu usuli to‘g‘risida qanday fikrda ekan?

Фото: Flawless AI

“Dizayn” nominatsiyasida amerikalik astrofiziklar tomonidan ixtiro qilingan dunyo xaritasining yangi proyeksiyadagi aniqroq tasviri taqdim etilgan. Uning shakli vinil plastinkaga o‘xshaydi va ushbu xaritada ba’zi bir mamlakatlar prognozlardagidek katta ko‘rinmagan. Bu yangilik emasdek tuyuladi, lekin dunyoga boshqacha qarashning bir usulidir.

Лучшие изобретения 2021 года по версии Time

“Eksperiment” nominatsiyasida tom ma’noda kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradigan Stentrode tizimi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kishi umuman tugmachalarga tegmasdan internet bo‘ylab kezishi va xabar yozishi mumkin. Ushbu tizim miyaning harakatlarni boshqaradigan qismi tomonidan ishlab chiqilgan signallarni raqamlashtiradi. AQShda Stentrode allaqachon falaj bilan kasallangan ikki kishini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu esa ushbu tashxis qo‘yilgan odamlar uchun hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi kichik bir qadamdir.

Фото: Business Wire

Koronavirusga qarshi vaksinadan tashqari, “Salomatlik” nominatsiyasiga ehtimol undan ham muhimroq ixtiro - bezgakka qarshi vaksina kirdi. Ilgari u oddiygina yo‘q edi. Dunyoda har yili 500 mingdan ortiq kishi bezgakdan vafot etadi, ularning yarmidan ko‘pi 5 yoshgacha bo‘lgan go‘daklardir. Preparat loyihasi 1987 yildan buyon tadqiq qilinib kelingan, unga 750 million dollardan ortiq mablag‘ sarflandi. Pullarning katta qismini Bill Geyts o‘z fondi orqali ajratgan. Nihoyat Mosquirix vaksinasi JSST tomonidan tavsiya qilinmoqda. Uning to‘rt komponentli dozasi infeksiya xavfini 40 foizga, og‘ir kasallik xavfini esa 30 foizga kamaytiradi, deydi Time.

Фото: Patrick Meinhardt / Getty Images

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.