23 iyun - Xalqaro Olimpiya kuni
Olimpiya kunini o‘tkazish g‘oyasi birinchi marta 1947 yilda Stokgolmda (Shvetsiya) bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sessiyasida tilga olingan va 1948 yilda rasman tasdiqlangan. Sana 1894 yil aynan shu kuni Parijda jismoniy tarbiya bo‘yicha Xalqaro atletika kongressiga o‘tganiga bog‘landi. Olimpiya harakatining oliy boshqaruv organi - Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ham shu kuni tashkil etildi.
Birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari 1896 yilda Afinada (Gretsiya) bo‘lib o‘tgan, unda 14 davlatdan 241 nafar ishtirokchi qatnashgan.
O‘zbekiston sportchilari 1952-1980, 1988 yilgi Olimpiya o‘yinlarida SSSR terma jamoasi tarkibida, 1992 yilda MDH mamlakatlari qo‘shma terma jamoasi tarkibida XOQ bayrog‘i ostida qatnashgan. Mustaqil davlat sifatida sportchilarimiz ilk bor 1994 yilgi Norvegiya qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan va birinchi oltin medalini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatidagi o‘yinlari davomida jami 37 ta – 11 ta oltin, 6 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2024 yilda yozgi Olimpiya o‘yinlari Parij shahri (Fransiya)da bo‘lib o‘tadi. 2026 yilgi qishki olimpiyadani Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari qabul qiladi.
G.Xoldorova tayyorladi.