26-28-sentyabr kunlari Samarqandda II Yevroosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tadi
- 13.08.2023 12:02
- 52
- Samarqand

"Global Pharmaceutical Leaders’ Club" Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida II Yevrosiyo farmatsevtika sammiti o‘tkaziladi.
Ushbu tadbir Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama qamrab olgan yagona konferensiya hisoblanadi.
Sammitda 10 dan ziyod mamlakatdan farmatsevtika bozorining 250 dan ortiq yetakchi mutaxassis va tartibga soluvchilar, farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, distribyutorlar va dorixonalar tarmog‘idan 100 dan ortiq ma’ruzachilar ishtirok etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!