27 ta korxona rahbarlariga jarima belgilandi
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Samarqand hududiy boshqarmasi ko‘mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi ispeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlar jarayonida ayrim qonun hamda texnik-me’yoriy hujjatlar talabi bajarilmayotgani aniqlandi.
27 ta tadbirkorlik sub’yektlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 476 ta kamchiliklar va qonun buzilishlar aniqlanib, korxonalar rahbarlari va ish yutiruvchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mutasaddilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 260 va 97-1 moddalariga asosan 7 943 000 so‘m miqdorda jarimaga tortildi.
Asliddin PIRNAZAROV,
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Samarqand xududiy boshqarmasi inspektori.