30 ming yil va yana 40 umrbod qamoq jazosi: juda uzoq muddatga hukm qilingan jinoyatchilar
Ko‘p joylarda qamoq muddati 35 yildan oshmaydi, kamdan-kam hollarda umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin. Biroq, aksariyat mamlakatlarda yuqori “planka” yo‘q va ba’zi mahbuslarga shunchaki aqlga sig‘maydigan muddatga jazo belgilanadi. Quyida juda uzoq vaqtga hukm qilingan "Rekordsmenlar" haqida so‘z yuritiladi.
Charlz Skott Robinson, 30 ming yil
Charlz Ginnesning rekordlar kitobining deyarli "faxriy" rekordchisidir. U 1994 yil dekabr oyida voyaga yetmagan qizlar va bolalarni zo‘rlagani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.
Skott 1994 yilning oxirida faqat 6 ta isbotlangan, har bir jinoiy harakati uchun besh ming yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va 300 asrlik qamoq jazosiga loyiq bo‘ldi.
Xuan Korona, bir vaqtda 25 marta umrbod qamoq jazosi
Xuan o‘z ranchosidagi ekin maydonida ishlagan 25 nafar ishchini o‘ldirganligi bilan “mashhur” bo‘ldi. Xuan Korona bu qotilliklarni 4 oy ichida sodir etgan. Jinoyatchi qilmishi sababini muhojirlarga nisbatan bo‘lgan nafrat deb ifodalagan. Xuan qoldiqlarni yashirishni afzal ko‘rib, ularni o‘zi egalik qiladigan ranchosi yeriga ko‘mgan.
Qoldiqlar topilgach, tergov qilingandan so‘ng, erkak 25 umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Derron Bennalford Anderson, 11250 yil
Odam o‘g‘irlash, ko‘plab zo‘rlashlar, talon-taroj, o‘g‘irliklar – bu Andersonning "xizmat" ro‘yxatidir. Avvaliga u kulgili: 2200 yilga hukm qilindi, ammo apellyasiya berishga urinishdan keyin muddat yana oshib, 11750 yilga yetdi.
Biroq, yakuniy hukm "yumshoqroq" bo‘lib, sud Andersonni panjara ortida "atigi" 11250 yil yopib qo‘yishga qaror qildi.
Jeyms Kevin Poup, 40 umrbod qamoq jasosi va 60 yil
Zo‘ravon Jeyms uzoq yillar davomida nafaqat xotini, balki qizlariga ham kuch ishlatib, ularni zo‘rlab kelgan. Sud jarayonida yovuz odam xotini va qizlari unga qarshi bo‘hton uyushtirganini aytib, hammani aldashga harakat qildi, biroq u jazodan qochib qutula olmadi.
Jeyms Kevin 40 umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi va hukm ustidan shikoyat qilishga urinishi natijasida unga yana 60 yil qo‘shib berishdi.
Abdullo Barguti, 67 umrbod qamoq jazosi
Abdullo Barguti Isroil xalqiga qarshi terror harakatlar uyushtirgani uchun eng katta, 67 umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu ishlarni uyushtirgan davrda Abdullo Falastin ma’muriyatida yuqori lavozimlaridan birida ishlagan.
U bilan birga sud uning sakkizdan ortiq sheriklarini aybdor deb topdi, turli manbalarga ko‘ra, jinoyatchining hamtovoqlari 30 dan 50 gacha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Nima uchun bunday jazo muddatlari beriladi? Sud tizimi bu bilan jinoyatchilar o‘zini isloh qilib, to‘g‘ri yo‘lga kira olmasligini tan oladi. Ba’zi hollarda, jinoyatchilar juda xavfli yoki dahshatli qilmishlari uchun qamoqdan muddatidan oldin yoki yaxshi xulq-atvori uchun tashqariga chiqa olmaydilar. Hukmdan hatto 1 umrbod qamoq jazosi olib tashlagan taqdirda ham, mahkum qolganlarini o‘tashga majbur bo‘ladi.