34 nafar og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan erkak o‘quv kursiga qatnamoqda

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va internet tarmog‘ining oila mustahkamligiga va rivojiga ta’sirini o‘rganish, oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini targ‘ib qilish, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarning profilaktikasini olib borishda axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali bilan hamkorlikda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan erkaklar uchun “Axborot kommunikatsiya  texnologiyalari  orqali  Mustahkam  oila  sari”  nomli o‘quv kurs tashkil etildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Og‘ir  hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar ayniqsa  yosh  oilalarga  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari va psixologik bilimlarni o‘rgatish orqali o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish savodxonligini oshirish, og‘ir vaziyatdan chiqish ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs 20 soatga mo‘ljallangan o‘quv dastur asosida olib borilmoqda. Mazkur kursga Samarqand shahar, Samarqand tuman va Pastdarg‘om tumanida yashovchi 34 nafar fuqarolar tahsil olishni boshlashdi.