Oilalarni mustahkamlash haftaligiga bugundan start berildi
Huquqiy savodxonlik kuni, salomatlik, milliy qadriyatlar, oilaviy kitobxonlik kuni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kuni… Ushbu kunlar 13 maydan to 19 mayga qadar mahalla, ta’lim muassasalarida o‘ziga xos tarzda o‘tkazilishi belgilangan.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi tomonidan 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan qator tashkilotlar hamkorligida chora-tadbirlarni belgilab chiqdi.
- Haftalik davomida oilaning har bir a’zosi ishtirokini ta’minlashga harakat qildik, - deydi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi rahbari Z.Shodiyeva. – Joylarda ibratli oila tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi. Oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini» mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi, sport marafonlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» tinglovchilari bilan bayram uchrashuvlari, milliy madaniy markazlarda bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
«O‘zbekistonda zamonaviy namunali oila rivojlanishining dolzarb masalalari» mavzusidagi seminar ham 21 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.