35 davlat vazirlari Rossiya va Belarus sportchilarining 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etishiga qarshi chiqdi
Ular Rossiya va Belarus sportchilarining 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga kelishib oldilar, deya xabar bermoqda Litva milliy radio va televideniyesi (LTR) Litva ta’lim, fan va sport vaziri Yurgita Shyugjdinenga tayanib.
LTR xabariga ko‘ra, bu qaror sport vazirlarining masofaviy kengashda qabul qilingan. Tashabbus, jumladan, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Niderlandiya, Shimoliy Yevropa va Boltiqbo‘yi mamlakatlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Kengash yakunlari bo‘yicha vazirlar Ukrainaga qarshi tajovuzkorliklarini to‘xtatmagunlaricha, Rossiya va Belarus sportchilarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlaydigan qo‘shma bayonot tayyorlashga kelishib olgan.
2023 yil yanvar oyi oxirida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sport federatsiyalarini Rossiya va Belarus sportchilariga bir qator shartlar, jumladan, urushni qo‘llab-quvvatlamaslik sharti bilan neytral maqomda musobaqalashishga ruxsat berishga chaqirdi. Bu qaror ko‘plab davlatlar, jumladan, Ukraina, Chexiya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari tomonidan tanqid qilingan.