44 million so‘mlik jinoiy jarima undirildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining 2020 yil 30 noyabr kunidagi hukmi bilan sudlangan qarzdor Sh.M.dan davlat foydasiga 44 million 460 ming so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan va sudning ijro varaqasiga asosan ijro hujjati Byuroning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan qarzdorga ijro hujjati ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun 30 kunlik muddat berilgan.
Shuningdek, Qonunning 42-1-moddasiga asosan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,87-moddalariga tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan qarzdorning barcha mol-mulklariga ta’qiq qo‘yilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Sh.M.dan 44 million 460 ming so‘m pul mablag‘lari tegishli tartibda undirilib, ijro hujjati amalda Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.
Dilshod TIMIROV,
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bo‘lim inspektori.