61 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 61 yoshli erkak arazlab uyidan ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Bu haqda bizga Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Termiz tumani Chegara mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan R.M. turmush o‘rtog‘i, 1963 yilda tug‘ilgan S.A. bilan janjalashib qolgan. Oilaviy janjal sababli ayol uyidan arazlab chiqib ketib, singlisi M.A.ning uyida yashab turgan.

Bundan jahli chiqqan R.M. 26 dekabr kuni soat 03:30 da uning uyiga borgan. Erkak turmush o‘rtog‘i uxlab yotgan xonaga kirib, o‘zi bilan olib kelgan 5 litr hajmdagi polietilen idishdagi gaz kondensatini rafiqasiga sepib, uni yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.