627 kilogramga yaqin giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
- 26.06.2020 19:25
- 34
- O‘zbekiston
Bugun, 26 iyun Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan poytaxtimizda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarining navbatdagi partiyasi yoqib yuborildi.
2020 yilning 5 oyi mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 152 ta qonunbuzarlik holatlari fosh qilingan.
Natijada,
➖ Geroin - 157,9 gramm;
➖ Gashish - 9049 gramm;
➖ Opiy - 7270 gramm;
➖ Marixuana - 7577 gramm;
➖ Tramadol tabletkalari 254,1 gramm (yoki 4941 dona);
➖ Tarkibida narkotik moddalari saqlovchi o‘simliklar - 1878 tup.
Bundan tashqari, 240612 dona psixotrop dori vositalari aniqlangan va musodara qilingan.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 626 kilogramm 981 gramm giyohvandlik vositalari yoqib yuborilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa