7 oyda Samarqandda eksport hajmi 16 foizga kamaydi, import-chi?
- 27.08.2020 18:25
- 67
- Iqtisodiyot
Joriy yilning o‘tgan 7 oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 786,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2019 yilning mos davriga nisbatan 199,3 million AQSh dollariga yoki 20,2 foizga kamayganligini ko‘rsatmoqda.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 172,4 million AQSh dollariga yoki 16,3 foizga, import hajmi esa mos ravishda 613,9 million AQSh dollariga yoki 21,3 foizga kamaygan. Hisobot davrida 441,4 million AQSh dollari qiymatidagi passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
Eksport