70 million so‘mlik zargarlik buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs fosh qilindi

39 yoshli G.X. (ayol) Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yiling 30 iyun kunidan 13 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy qiymati 70.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan turli xil zargarlik buyumlari va 1 dona “Lenovo” rusumli noutbukini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi 25 yoshli M.R. sodir etganligi aniqlanib, undan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan axborotda.