9 oyda Samarqandning tashqi savdo aylanmasi 250 million dollarga kamaygan
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1045,1 million AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 250 million AQSh dollariga yoki 19,3 foizga kamaydi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga, import hajmi esa mos ravishda 19,3 foizga kamaygan. Hisobot davrida 605,6 million AQSh dollari qiymatidagi passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.