Abdurahmon Jomiy ko‘chasida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Abdurahmon Jomiy ko‘chasi
Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasini Universitet xiyobonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan ushbu ko‘chaning qurilish ishlari olib boriladigan qismida ish yakunlangunga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda ko‘chaga asfalt yotqizish ishlari olib borilyapti. Transport vositalarining harakati esa vaqtincha Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi orqali amalga oshiriladi.