Abituriyent – 2024: Test sinovlarining to‘qqizinchi kuni Samarqandda jami 4 mingdan ortiq abituriyent imtihonga kelmadi

Ayni kunda Samarqand shahrida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugunga qadar test sinovlariga jami 58 964 nafar abituriyent qatnashgan, 4735 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi Zarnews.uz’ga xabar berdi.

Shuningdek, 9 nafar abituriyent imtihonga taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, 8 nafar abituriyent jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), 4 nafar abituriyent taqiqlangan vositalarni ishlatgani bois test sinovlaridan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz: Samarqand shahrida test sinovlari 25 iyulga qadar davom etadi.