Aeroportda qadimiy haykalchani mamlakatimizdan yashirincha olib chiqib ketilishi oldi olindi
- 24.03.2022 11:28
- 223
- Samarqand

Mazkur haykalcha “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan. “Samarqand-Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro I.X. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida, unga tegishli bagaj sumkasidan olib ketish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan haykalcha borligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat Madaniy meros boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, haykalcha XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida yaratilgan.
Haykalcha O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi oldi olinib, o‘rnatilgan tartibda Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi.
Teglar:
“Samarqand” xalqaro aeroporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 12 daqiqa avval
- Mutolaa
Quyoshni to‘sgan vulqon
- 54 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Bugun Samarqandda jam bo‘ldi dunyo!
- 2 soat avval
- Mutolaa