Afg‘oniston shimoliy-g‘arbida yuz bergan portlash oqibatida 3 nafar tinch aholi halok bo‘ldi
- 19.07.2020 08:10
- 70
- Xorij
Afg‘oniston shimoliy-g‘arbining Badgis viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch nafar tinch aholi (biri yosh bola) halok bo‘ldi. Bu haqda 18 iyul kuni RIA Novosti xabar berdi.
Ab-Qamari tumani rahbari Xuday Tayyabning so‘zlariga ko‘ra, voqea Kalayi-Nav shahri va Ab-Qamari tumanlari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
“Mina Tolibonlar (O‘zbekistonda taqiqlangan) tomonidan xavfsizlik xizmati xodimlariga hujum qilish maqsadida o‘rnatilgan. Yosh bola, ayol kishi va erkak kishi mototsiklda bo‘lishgan. Uchalasi ham voqea joyida vafot etishdi”, deb ta’kidladi Tayyab.
“Tolibon” terrorchilik tashkiloti a’zolari bo‘lib o‘tgan hodisaga hozircha hech qanday izoh bermadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa