Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 25 ming nafardan oshdi

Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 25 ming nafardan oshdi. Mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 761 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda 15 iyun kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 25527 nafarni tashkil etmoqda. COVID-19 infeksiyasi oqibatida 478 nafar bemor vafot etgan va 5090 nafar bemor tuzalgan.