Afg‘onistonda so‘nggi 24 soatda 591 nafar koronavirus yuqtirganlik holati aniqlandi
- 26.05.2020 07:50
- 93
- COVID-19
Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati 11 ming nafardan oshib ketdi, ulardan 219 nafari vafot etdi. Bu haqda 25 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 591 nafar yangi koronavirus holatlari aniqlangan. Shu tariqa kasallanganlarning umumiy soni 11 582 nafarga yetdi. So‘nggi kecha-kunduzda bir nafar bemor vafot etgan va 22 nafar bemor tuzalgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlarning umumiy soni 1095 nafarni tashkil etmoqda.