Agar iqlim o‘zgarishi to‘xtatilmasa, sayyoradagi eng mashhur joylar qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Oxirgi 125 ming yil davomidagi so‘nggi o‘n yillik eng issiq bo‘ldi: faqat 1990 yillarning o‘rtalaridan boshlab sayyoramizdagi tirik organizmlarning vaznidan deyarli 28 baravar ko‘p 28 trillion tonnaga yaqin muzlar eridi. Albatta, muzlar miqdorining kamayishi insoniyat uchun o‘z izini qoldirishi muqarrar: Yerdagi ko‘plab shaharlar hatto bugun ham iqlim o‘zgarishi oqibatlarini boshdan kechira boshlagan.

AdMe.ru  global issiqlikning jiddiy tabiatini baholashga qaror qilib, agar Yerdagi o‘rtacha haroratning bir asrdan ko‘proq vaqtdan beri davom etayotgan uzoq muddatli ko‘tarilishi Selsiy bo‘yicha yana 3 darajaga ko‘tarilsa, iqlimiy oqibatlar sayyoradagi ko‘plab ramziy joylarning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosaga keldi...

Mumbay, Hindiston

Hindistonning Mumbay shahri bugungi kunda gullab-yashnagan ulkan shahar bo‘lsa-da, ertaga u yerda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi: yaqin kelajakda shaharning butunlay suvga cho‘kib qolish xavfi bor. Mahalliy aholi esa xavfsiz yashash joyi izlab, materikning odam oyog‘i qadam bosmagan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi.

Antarktida

Iqlim o‘zgarishi muzli Antarktidaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ming yillik muzliklarning erishi sayyora xaritasida qit’aga yaqin yangi orollarning paydo bo‘lishiga va qirg‘oqqa yaqin joylashgan mamlakatlarning ko‘plab yo‘qotishlariga olib keladi.

Sankt-Peterburg, Rossiya

XXI  asrning oxirida Neva daryosi bo‘yidagi shahar haqiqiy Venetsiyaga aylanishi mumkin: u yerdagi suv sathi shu daraja ko‘tariladiki, mahalliy aholi faqat qayiq va gondollar yordamida harakatlana oladi. Ichki suv omborining maksimal chuqurligi esa taxminan 2-3 metrga yetadi.

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Global issiqlik Braziliyaga ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi, sayyora haroratining biroz ko‘tarilishi ortidan shaharning qirg‘oqbo‘yi hududlari suv ostida qolish xavfi ostida.

Alp tog‘lari, Shveysariya

Dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlarning Alp tog‘larida joylashgan sevimli tog‘-chang‘i kurortlari tez orada qorsiz yurish joylariga aylanib qolishi mumkin. XXI asrning oxiriga kelib, chang‘i ixlosmandlari o‘zlari sog‘ingan Alpdagi qorlarni ko‘rish uchun 3 kilometr balandlikka tirmashib chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

Amazoniyaning yomg‘irli o‘rmonlari, Braziliya

Amazonkaning tropik o‘rmonlari bugungi kunda Janubiy Amerika qit’asining deyarli 40 foizini egallaydi. Olimlarning fikricha, iqlim o‘zgarishi hayvonlar uchun qulay bo‘lgan makondagi o‘rmon yong‘inlari allaqachon qurg‘oqchilikka to‘la xavfli hududga aylantirmoqda. Agar hozir shunday bo‘lsa, ertaga uni nima kutar ekan?

Gavana, Kuba 

Atrof-muhitning o‘rtacha harorati atigi 3 darajaga ko‘tarilsa, endilikda dam olish maskanlari va diqqatga sazovor joylarga to‘la Kuba poytaxti butunlay suv ostida qoladi. Agar insoniyat atmosferaga zararli chiqindilar miqdorini keskin kamaytirsa va haroratning yanada oshishiga yo‘l qo‘ymasa, Gavanani saqlab qolish mumkin.

Pastoruri muzligi, Peru

Bugungi kunda Pastoruri Janubiy Amerikadagi noyob muzliklardan biridir. Shahardagi diqqatga sazovor joylarning joylashuvi bu muzliklar faoliyatini yo‘qqa chiqarib yuborish imkoniyatini oshiradi, hatto haroratning biroz ko‘tarilishi ham ushbu mintaqaning iqlimi va go‘zalligini abadiy o‘zgartirishi mumkin.

Split, Xorvatiya

Agar insoniyat zudlik bilan uglerod izlarini kamaytirmasa, Xorvatiyaning Split shahri qisman suv ostida qolib ketadi. Xuddi shu narsa Adriatik dengizi sohilining qolgan qismiga ham tegishli bo‘lib, kelgusi o‘n yilliklarda u yerlarni suv bosishi mumkin.

Ozodlik oroli, AQSh

Global issiqlik Nyu-York hayotiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning mashhur Ozodlik haykali okeanlar suviga beligacha cho‘kish xavfi ostida qolmoqda. Shahar ko‘chalarining o‘zi ham kelgan sayyohlarni xursand qilishi dargumon: ularning aksariyati global suv toshqini zonasida bo‘lib qolishi mumkin.

O‘lik dengiz, Isroil

Bir necha o‘n yillar davomida O‘lik dengiz bir vaqtlar o‘zi bosib olgan quruqlik hududini tezda yo‘qotishi mumkin. 2050 yilga kelib Global issiqlikning tezlashishi natijasida Yaqin Sharqning asosiy tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biriga sayyoramizdan yo‘qolib ketish xavfi tahdid solmoqda.

Dubay, Arab Amirliklari

Sayyoramizdagi ehtimol, eng zamonaviy megapolis sanaladigan Dubay tez orada jonsiz cho‘lga aylanib qolishi mumkin. Shahar allaqachon suv tanqisligi va yuqori o‘rtacha yillik harorat bilan kurashayotgan bo‘lsada, mamlakat kelajakda sovutish va toza suv chiqarish uchun yanada ko‘proq xarajatlarga duch keladi.

Nima deb o‘ylaysiz, sizningcha, insoniyat iqlim o‘zgarishi oldini olishga hissa qo‘sha oladimi?

B.Muhammadiyeva tayyorladi.