Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Agrobank" filialiga ayol rahbar etib tayinlandi

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Go‘zalkent filiali boshqaruvchisi lavozimiga Sayfiddinova Muhiba Toshpo‘latovna tayinlandi.

M.Sayfiddinova bank sohasida mehnat faoliyatini 1999 yilda ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat "Paxta banki"ning Samarqand viloyat boshqarmasi bank operatsiyalari bo‘limida mutaxassislikdan boshlagan.

2020 yil noyabrdan hozirga qadar "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki Samarqand viloyat boshqarmasi chakana xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi jismoniy shaxslarni kreditlash sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.