Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolar hal etilyapti
Keyingi oylarda Samarqand viloyatining chekka tuman va qishloqlarida yashovchi aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mavjud sharoitlarni o‘rgandi, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rdi.
Jumladan, Nurobod tumanidagi «Do‘stlik», «Saroy», «O‘rtabuz» va «Nurbuloq» mahalla fuqarolar yig‘inlarida elektr uzatish tizimida ayrim uzilishlar kuzatilayotganligi aniqlanib, muammolarni bartaraf etish maqsadida mahallalarga maxsus elektr uzatish transformatorlari o‘rnatildi.
Shuningdek, Jomboy tumanidagi "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida transformator o‘rnatilib, ushbu mahalla aholisi uchun qulaylik yaratildi.
— Mahallamizda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda ko‘zga tashlangan muammolar mas’ul xodimlar, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilganligi jarayonlarning yanada jadallashishiga turtki bo‘ldi, – deydi Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi Ibrohim ota. - Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning yashash sharoitlarini yaxshilanishiga xizmat qiladi.