Ajablanarli joylar va hodisalar

Sayyorada juda ko‘p tushunilishi qiyin yoki umuman tushunib bo‘lmaydigan sirli joylar bor. Ilm-fan nimanidir tushuntiradi, ammo ba’zi bir hodisalarga izoh topilmayapti. Bugun sayyoradagi yana bir necha ilmiy izohga berilmaydigan g‘alati joylar bilan tanishamiz.

Egri o‘rmon

Ushbu o‘rmon Polshada joylashgan va taxminan 400 ta daraxt tanasi egriligi bilan ajralib turadi. Bu daraxtlar taxminan 1930 yillarda ekilgan. O‘sha paytda bu hududda harbiy harakatlar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin nima sababdan naqd 400 ta qarag‘ayning egri o‘sganini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Rona i Arv daryolarining aniq chegarasi

Ushbu daryolar Jenevada joylashgan va ma’lum bir joyda ular bir oqimga qo‘shilib ketadi. Ushbu cho‘zinchoq yo‘nalish noyob, chunki ikki daryo suvi aralashmaydi va birlashganda aniq ko‘rinadigan chegaraga ega. Suvlarning zichligi va tarkibi farqlanishi tufayli bu chegaralanish hech bir to‘siqsiz yaqqol ko‘rinib turadi.

Suv ostidagi daryo

Bunday daryo Qora dengizda, toza suv va vodorod sulfidi chegarasida joylashgan: aslida aynan vodorod sulfidining borligi bu kabi hodisani kuzatishga imkon yaratadi. Dunyoda bunday joy bitta emas, Qora dengiz daryosi eng mashhur hisoblanadi.

Egizaklar shahri

Hindistonda Kodinhi nomli kichik bir shahar bor, u yerda 2000 nafar aholiga 200 juft egizak to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib turadi va yildan yilga egizaklar tug‘ilishi ortib bormoqda. Bu hodisa sababi ham noma’lum.

Patom vulqon krateri

1949 yilda kashf etilgan bu vulqon krateri Rossiyaning Irkutsk viloyatida joylashgan. Kraterning bu shaklda paydo bo‘lishining sababi nimada? Bu hanuzgacha noma’lum, biroq uning hajmi, shakli va balandligi doim o‘zgarib turadi. Ya’ni, u tirik.

Sargasso dengizi

Bu dunyodagi yagona qirg‘oqsiz dengiz va uni okeandan to‘rtta suv oqimi ajratib turadi.

Dengizdagi yulduzlar yoki yulduzlari ummoni
Dengiz sathidagi tungi yulduzlarning ko‘zgudagi aksi kabi ko‘rinadigan million yorug‘lik nuqtalari aslida suvdagi mavjud dinoflagellat deb ataladigan juda kichik organizmlar - fitoplanktondir. Yuzaga ko‘tarilib, kislorod bilan aloqa qilganda ular nurlanishni keltirib chiqaradi.
Ushbu hodisani ko‘plab tropik dengizlarda kuzatish mumkin, eng mashhuri Maldivdagi Vaadxu orolidir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.