Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aktyorlar zamonamiz qahramonlari timsollarini qanday yaratyapti?

Samarqand viloyat rus drama teatrida viloyat musiqali drama teatrining ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Bizning teatr” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Unda yosh avlodni milliy g‘oya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faol zamondoshlarimiz timsolini sahnalarda yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Tadbir viloyat musiqali drama teatrining mahoratli aktyori, O‘zbekistonda xizmat kursatgan artist Tuyma Pardayevning 70 yillik yubileyiga ulanib ketdi.

Ta’kidlash lozimki, bugun Tuyma Pardayev uchun qo‘shaloq bayram. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida 70 yoshlik to‘yini nishonlayotgan Tuyma aka Prezidentimiz farmoniga asosan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.

 

Munisa Shamsiyeva.