Al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvda 100 ga yaqin falastinlik yaralandi
- 05.04.2023 13:48
- 20
- Xorij
Bugun Quddusdagi Al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlar natijasida 100 ga yaqin falastinlik yaralandi. Isroil politsiyasi 400 dan ortiq kishini hibsga olindi, deb xabar berdi Al Mayadeen.
Avvalroq WAFA agentligi isroillik kuchlar masjidga shovqin soladigan granata va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, shuningdek, rezina o‘q va tayoqlardan foydalangan holda masjidga bostirib kirgani haqida xabar bergan edi. Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga ko‘ra, politsiya shifokorlarning voqea joyiga yetib borishiga to‘sqinlik qilgan.
Bugun ertalab Isroil armiyasi matbuot xizmati G‘azo sektoridan Isroilga to‘qqizta raketa uchirilganini e’lon qildi, ulardan biri Sderot shahridagi zavodga tekkan.
Misr, Iordaniya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirliklari Isroil harakatlarini keskin qoraladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa